7-noyabr kuni havo harorati pasayadi

Ayrim hududlarda tunda -2 daraja boʻlishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda payshanba kuni havo harorati sovishni boshlaydi. Ayrim hududlarda tunda -2 daraja boʻlishi kutilmoqda.

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shardan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-4° iliq, kunduzi 7-9° iliq boʻladi.

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha, baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq, 2° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq, 2° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha, baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, baʼzi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.

QASHQADARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

SURXONDARYO VILOYATI

Havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLAR

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3° sovuq, 2° iliq boʻladi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling