Toshkentda jamoat transportini tun-u kun ishlash rejimiga oʻtkazish rejalashtirilmoqda

Strategik islohotlar agentligi Oʻzbekistonda tungi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo'yicha taklif tayyorlandi

Strategik islohotlar agentligi Oʻzbekistonda tungi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish masalalarini oʻrganib, tegishli takliflar tayyorladi.

Xususan, quyidagilar taklif etilmoqda:

  • 2025-yil 1-fevraldan tungi iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha ishchi guruh tuzish;
  • koʻngilochar muassasalarning juma va shanba kunlari kecha-kunduz ishlashi hamda ularning ish soatlariga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilish
  • turistik jozibador zonalarni aniqlash va ularda tungi tadbirlar uchun joylarni tashkil etish;
  • Toshkent shahridagi jamoat transportini (avtobuslar, tramvay, metro) kecha-kunduz ishlash rejimiga oʻtkazish;
  • tungi muassasalar, jamoat transporti yoʻnalishlari va maxsus takliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan “Tungi Toshkent” elektron platformasini yaratish;
  • tungi iqtisodiyot uchun maʼlum hududlarni modernizatsiya qilish, koʻchalarni yoritishni kuchaytirish hamda aholi va sayyohlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Oʻzbekistonda tungi iqtisodiyotni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni loyihasini ishlab chiqish, shuningdek, tungi iqtisodiyot sohasida litsenziyalash tizimini isloh qilishni nazarda tutuvchi qonunni tayyorlash maqsadga muvofiqligi taʼkidlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling