Alisher Xidirov Sirdaryo viloyati hokimining oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
U hokimning qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari boʻldi.
A.Xidirov tayinlovga qadar “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ marketing va servis xizmatlari boʻyicha direktori vazifasida faoliyat olib borgan.