Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar-centyabr oylarida jami 5,7 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 825,8 ming nafarga yoki 16,8 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
Tojikiston – 1,6 mln nafar;
Qirgʻiz Respublikasi – 1,6 mln nafar;
Qozogʻiston – 1,1 mln nafar;
Rossiya – 609,7 ming nafar;
Turkmaniston – 120,4 ming nafar;
Turkiya – 84,3 ming nafar;
Xitoy – 50,4 ming nafar;
Hindiston – 48,6 ming nafar;
Janubiy Koreya – 32,6 ming nafar;
Italiya – 30,3 ming nafar;
boshqa davlatlar – 311,9 ming nafar.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling