Buxoro viloyatida Turkmanistondan noqonuniy tarzda dizel yoqilgʻisini hujjatlarda “Bitumnaya mastika” tarzida koʻrsatib olib kirishga boʻlgan urinish fosh etildi.
Xususan, Buxoro viloyatidagi “Olot” chegara posti orqali ogʻirligi 115 tonna (qiymati 1 mlrd 300 mln soʻmlik) hujjatlarda “Bitumnaya mastika” deya koʻrsatilgan tovar “Oʻzenergoinspeksiya” kimyo laboratoriyasi xulosasiga koʻra dizel yoqilgʻisi ekanligi maʼlum boʻldi.
Mazkur qonunbuzarlik holati yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib ushbu yoqilgʻi mahsulotlari vaqtincha saqlovga olindi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling