10-noyabr kuni ertalab soat 04:00 larda Penza viloyatidagi M-5 federal trassaning 738 km da Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida YTH sodir boʻldi. Bu haqda Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa oqibatida 3 kishi voqea joyida halok boʻlgan.
Ulardan 1 nafari Oʻzbekiston fuqarosi, 2 nafar shaxsning Oʻzbekiston fuqaroligiga mansubligi aniqlanmoqda, Shuningdek, 2 nafar fuqaro turli xil tan jarohatlari bilan Penza viloyati Kuznesk tumanlararo shifoxonasi joylashtirilgan.
Ushbu holat Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi nazoratiga olinib, tegishli muvofiqlashtirish ishlar boʻyicha joyiga chiqqan xolda tashkillashtirilmoqda.
“Mahalliy masʼul vakolatli organlar bilan halok boʻlganlarni Vatanga qaytarish ishlarini amalga oshirish, shuningdek jabrlanganlarga tibbiy muolaja koʻrsatilishini Bosh konsulxona oʻz nazoratiga olgan”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling