Toshkentda fuqaroga 3 mln dollar kredit olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Toshkentda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MCHJ rahbari, 1979-y.t. muqaddam sudlangan ayol Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirgan.

U mansabdor tanishlari orqali banklardan biridan 3 mln dollar miqdorida maqsadsiz kredit olib berishni vaʼda qilgan. Buning evaziga kreditning 33 foizini, yaʼni 990 ming dollar talab qiladi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan 150 ming dollar olgan vaqtida ushlandi. 

Tezkor tadbir davomida, fuqaroga go‘yoki o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirib, unga kredit mablag‘ini ajratib berishni vaʼda qilgan mazkur noqonuniy kelishuvning bosh tashkilotchisi – Urganch shahrida yashovchi, 1983-y.t. shaxs ham protsessual tartibda ushlandi. 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling