O‘zbekistonliklar yarim yilda qaysi davlatlarga eng ko‘p borgani ochiqlandi

Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 29,7 foizga oshgan.

2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 3,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 810 ming nafarga yoki 29,7 foizga oshgan.

6 oyda O‘zbekiston fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

  • Qirg‘iz Respublikasi – 1 527 303 nafar
  • Qozog‘iston – 664 669 nafar
  • Tojikiston – 631 660 nafar
  • Rossiya – 230 412 nafar
  • Saudiya Arabistoni – 145 294 nafar
  • Turkiya – 102 000 nafar
  • BAA – 72 729 nafar
  • Misr – 30 959 nafar
  • Tailand – 16 671 nafar
  • Vyetnam – 16 179 nafar
  • Boshqa davlatlar – 102 622 nafar
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling