Farg‘onada 2,5 gektar yerni 650 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Fuqaro Sh.V.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, tadbir davomida fuqaro M.N. Uchko‘prik tumani “Kenagas” mahallasi hududida joylashgan davlat zaxirasida bo‘lgan jami 2,5 gektar yer maydonini 650 ming dollarga sotishga kelishgan. 

U kelgusida hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan 100 ming dollarni olayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling