Navoiy va Buxoroda saksovullarni sindirgan shaxslar jarimaga tortildi

Noqoqnuniy ov bilan qilib yurgan huquqbuzarlar javobgarlikga tortildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Navoiy va Buxoro viloyatlari Ekologiya boshqarmalari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbirlari oʻtkazildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Reyd davomida fuqarolar R.E. va K.F. tomonidan “UAZ” rusumli avtomashinada Uchquduq tumani “Shalxar” OFY choʻl hududidan saksovul butalari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 10 mln 500 ming soʻm zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan 18 mln 750 ming soʻm jarima belgilandi. Ular jami 29 million 250 ming soʻm tovon toʻlaydi.

Buxoro viloyati Olot tumanidagi reyd davomida esa saksovulga shikast yetkazganlar aniqlanib, huquqbuzarlarga qariyb 14 million 625 ming soʻm jarima belgilangan.

Noqoqnuniy ov bilan qilib yurgan huquqbuzarlar javobgarlikga tortildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling