Qashqadaryoning uchta tumanida jami 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

Holatlar G‘uzor, Nishon va Ko‘kdala tumanlarida qayd etilgan.

Qashqadaryo viloyatida 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.

G‘uzor tumanida “M. O. S. B.” fermer xo‘jaligiga qarashli suv nasoslari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulangan.

Natijada 407 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanib kelingan.

Shu kabi holat Nishon tumanida fuqaro T. F. qarashli suv nasoslarida ham qayd etildi. Mazkur qoidabuzarlik natijasida ta‘minot korxonasiga 364 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.

Shuningdek, Ko‘kdala tumanda fuqaro G. G‘. ga tegishli suv nasoslarida ham xuddi shunday qoidabuzarlik aniqlandi. Keltirilgan zarar dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 349 mln so‘mni tashkil qildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling