“Toshkent metropoliteni” DUK ma‘lum qilishicha, poytaxt metrosiga yana uchta zamonaviy to‘rt vagonli harakat tarkibi olib kelindi.
Yangi poyezdlar yozda samarali sovutish, qishda esa isitish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, yo‘lovchilar uchun qulayroq sharoit yaratadi.
Qayd etilishicha, yangi tarkiblarning foydalanishga topshirilishi poyezdlar harakati intervalini qisqartirish, xizmat sifatini yaxshilash hamda ekspluatatsiya muddati uzoq bo‘lgan eski poyezdlarni bosqichma-bosqich zamonaviylari bilan almashtirish imkonini beradi.
Shuningdek, zamonaviy poyezdlar sonining ko‘payishi metropolitenning tashish quvvatini oshirish, harakat jadvalining barqarorligini ta‘minlash va ortib borayotgan yo‘lovchilar oqimiga samaraliroq xizmat ko‘rsatishga xizmat qilishi ta‘kidlandi.
Ma‘lumot uchun, joriy yil yakuniga qadar Toshkent metropoliteniga yana 11 ta zamonaviy harakat tarkibini olib kelish rejalashtirilgan.