Toshkentning ikkita tumanida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi

Mazkur hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin

Mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida 4-fevral kuni Uchtepa va Bektemir tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

  • Uchtepa tumani: “Nishabariq” MFYning ayrim hududlarida soat 10:30 dan 17:00 gacha;
  • Bektemir tumani: “Nurafshon” MFYning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

Mazkur hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling