Uchtepa tumani TXAY ko‘chasida 27-dekabr kuni soat 00:40 larda YTH sodir bo‘ldi.
Haydovchi 1999-yilda tug‘ilgan N.K. Tracker avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa va beton sim yog‘ochga to‘qnashgan.
![](/storage/uploads/thumbnails/0-1735273204-ogabek-post-material-large.webp)
Hodisa oqibatida haydovchi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
27-dekabr kuni soat 00:45 larda Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasida Malibu-2, Cobalt, BMW va Matiz avtomashinalari o‘zaro to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida BMW yo‘lovchisi 1992-yilda tug‘ilgan F.A.ga tez yordam xodimlari tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
27-dekabr kuni soat 01:10 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Oltintepa ko‘chasida YTH sodir bo‘ldi.
![](/storage/uploads/thumbnails/6-1735273236-ogabek-post-material-large.webp)
2004-yilda tug‘ilgan haydovchi D.A. boshqaruvidagi Nexia-3 hamda 1979-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Captiva avtomashinalari to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Nexia-3 rusumli avtomashina haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.
Holatlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.