Taʼmirlash ishlari tufayli Uchtepa tumanining ayrim hududlariga 13-noyabr kuni soat 10:00 dan 15:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar berdi.
Aholi isteʼmolchilari soni: 8 ta
Ulgurji isteʼmolchilar soni: 62 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi”, — deyiladi xabarda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling