Ugandaning Oʻzbekistondagi birinchi elchisi Toshkentga keldi

Baxtiyor Saidovning yozishicha mamlakat Qoʻshilmaslik harakatiga Ugandaning muvaffaqiyatli raisligini olqishlaydi

Ugandaning Oʻzbekistondagi birinchi elchisi Moses Kavaaluuko Kizige Toshkentga keldi. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bu haqda xabar berdi.

Vazirning yozishicha, mamlakat Qoʻshilmaslik harakatiga Ugandaning muvaffaqiyatli raisligini olqishlaydi va 2027-2029-yillarda Harakatga boʻlajak raisligimizni qoʻllab-quvvatlashini qadrlaydi. 

“Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida siyosiy maslahatlashuvlar yoʻlga qoʻyilishi mamlakatlarimizning manfaatli va istiqbolli hamkorligi uchun mustahkam zamin yaratadi. Tadbirkorlarning oʻzaro aloqalarini mustahkamlash, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, foydalanilmagan salohiyatni  roʻyobga chiqarish va boshqa masalalar ham kun tartibimizdan oʻrin oldi”, – deyiladi xabarda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling