Prezidentning “Maktabgacha taʼlim sifati va samaradorligini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
2025/2026 oʻquv yilidan boshlab shunday tartib oʻrnatiladiki, unga muvofiq:
- davlat oliy taʼlim tashkilotlarida “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishida dual taʼlim shakli joriy etiladi;
- “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishi boʻyicha sirtqi va kechki taʼlim shakllari boʻyicha davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda har yili kamida 200 ta maqsadli qabul kvotalari ajratiladi;
- mazkur maqsadli qabul kvotalari boʻyicha ajratiladigan joylarga maktabgacha taʼlim yoʻnalishida kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlgan pedagog kadrlar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻzlariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan boʻsh yer uchastkalarida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling