Samarqand viloyatining toʻrtta tumanida “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Urgut va Samarkand tumanlarida faoliyat yurituvchi YATT X.E. va S.M.lar tijorat maqsadida savdo doʻkoni hamda novvoyxonasida oʻzboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga ulanib, jami 230 mln soʻmlik elektr energiyadan noqonuniy foydalangan.

Jomboy tumanidashi “S.Z.” oilaviy korxonasi rahbari Z.S. umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 191,2 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.

Oqdaryo tumanida “T-Z.” fermer xoʻjaligi rahbari M.Sh. elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzboshimchalik bilan ulanib, 192,8 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling