Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi majburiy mehnatning har qanday shakliga qatʼiy qarshi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati bergan izohda aytildi.
Maʼlum qilinishicha, vazirlik oʻqituvchilarning paxta terimiga jalb etilishini noqonuniy holat deb hisoblaydi.
Xabarga koʻra, bugungi kunda vazirlikda Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, aniqlangan har qanday noqonuniy holat yuzasidan huquq-tartibot organlari orqali albatta tegishli chora koʻrilishi taʼminlanadi.
“Hurmatli pedagoglar, agar siz vakolatingizga kirmaydigan yumushlarga jalb qilinsangiz, zudlik bilan vazirlikning ishonch telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qiling: (71) 202-09-09”, — deyiladi izohda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling