Oʻzbekistonda import qilinadigan elektromobillar uchun utilizatsiya yigʻimi oshiriladi

2025-yil 1-maydan elektromobillar uchun utilizatsiya yigʻimlari joriy etiladi

Hukumatning “Elektrodvigatelga ega boʻlgan transport vositalari akkumulyator batareiyalarini utilizatsiya qilish infratuzilmasini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisi”dagi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2025-yil 1-maydan Oʻzbekistonda elektromobillar uchun (TIF TN kodi 8703 80) utilizatsiya yigʻimlari joriy etiladi:

  • ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq boʻlmagan elektromobillar uchun BHMning 120 baravari (45 million soʻm);
  • ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq boʻlgan elektromobillar uchun BHMning 210 baravari (78,75 million soʻm).
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling