Sariosiyo tumani, “Aeroport” mahallasida fuqaro X.M. xonadonida faoliyat yuritayotgan “sauna” hududdagi oʻrta bosimli gaz quvuriga hisoblagichsiz oʻgʻrincha ulanib olgan.
Soʻng gazsoʻrgʻich uskunasi orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 88 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling