Hukumatning “Mahalla yettiligi” tavsiyasi asosida kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga ipoteka kreditini ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, quyidagilar belgilandi:
— yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash maqsadlari uchun asosiy stavkadan 4 foiz bandga yuqori stavkada 120 million soʻmgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga ipoteka kreditlarini ajratish;
— ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya toʻlab berish;
— ipoteka kreditlari va ular boʻyicha subsidiyalarni rasmiylashtirish hamda ajratish tartibi.
Shuningdek, kambagʻallikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda kadastr pasportini rasmiylashtirish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq toʻlovlar qiymati 50 foizga kamaytiriladi.
Yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash uchun ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha dastlabki badal va foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar “subsidyplatform.mf.uz” toʻlov platformasi orqali ajratiladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling