Mahallalari uyushmasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi

U tayinlovga qadar uyushmaning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan

Dolli Allayev Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisining oʻrinbosari etib tayinlandi.

D.Allayev 1965-yilda Qashqadaryo viloyati Koson tumanida tugʻilgan. 1989-yilda Qarshi davlat pedagogika institutini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – tarix va jamiyatshunoslik fani oʻqituvchisi.

U tayinlovga qadar Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling