Andijonda 24 yoshli shaxs oʻzini yoqib yubordi

Tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro olgan tan jaroxatlari boʻyicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan

Andijon shahar, Xursandlik MFY, Qoraqamish koʻchasi, 4-uyda yashovchi 2000-yilda tugʻilgan R.F. 31-oktyabr kuni soat tahminan 22:40 larda atrofida oʻziga benzin sepib, paynet shoxobchasiga kirib oʻzini yoqib yuborgan.

U quygan jaroxatlari bilan RSHTYOIAM viloyat filialiga keltirilib, tibbiy yordam koʻrsatilgan.

F.R. ni oʻziga benzin sepib, paynet shaxobchasiga kirib oʻzini yoqib, qaytib chiqib ketganligi jarayonlari shoxobchadagi va uni tashqarisiga qoʻyilgan videokameralarda qayd qilingan.

Hozirda fuqaroga RSHTYOIAM viloyat filialida zarur tibbiy muolajalar koʻrsatilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro olgan tan jaroxatlari boʻyicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling