Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida diplomatik pasport egalari uchun vizasiz kirish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi

Baxtiyor Saidov Iordaniya Bosh vazir oʻrinbosari bilan uchrashdi

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Bosh vazir oʻrinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari boʻyicha vaziri Ayman Safadi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda ikki tomonlama munosabatlarga yangi dinamikani olib kirishga alohida eʼtibor qaratildi.

“Shubhasiz, oldimizda birgalikda amalga oshirish uchun ulkan salohiyat mavjud. Iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turizm oqimini oshirish, birodar shaharlar va xalqlar oʻrtasidagi rishtalarni rivojlantirish va turli sohalarda hamkorlikni jadallashtirish mavzulari bugungi kun tartibimizdan oʻrin oldi”, — deb yozadi vazir.

Maʼlum qilinishicha, mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Ayman Safadi janoblari ikkita hujjat imzolandi. Bular:

  • Diplomatik pasport egalari uchun vizasiz kirish toʻgʻrisidagi hukumatlararo kelishuv;
  • Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2025-2027-yillarga moʻljallangan qoʻshma hamkorlik dasturi.
telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling