Oʻzbekistonning Litvadagi elchisi Temur Rahmonov (qarorgohi Riga shahrida joylashgan) 11-fevral kuni Litva prezidenti Gitanas Nausedaga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Rasmiy marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Litva oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Prezident Gitanas Nauseda, shuningdek, Litva tomoni Oʻzbekistonning YEI doirasidagi tashabbuslarini va Jahon savdo tashkilotiga kirish masalasini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Litva oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 5-avgustda oʻrnatilgan.
Elchi Timur Rahmonov 2024-yil 17-iyun kuni Latviya Prezidenti Edgars Rinkevichsga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.