Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda, deb xabar bermoqda “Oʻzenergoinspeksiya”.
Shoʻrchi tumanida “O.E.” oilaviy korxonaga yem ishlab chiqarish sexi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra taʼminot korxonasiga 223,8 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling