Toshkent shahar, Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasida joylashgan Vagon ta‘mirlash deposida 15-may kuni soat 23:58 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 00:03 da yong‘inga yetib borib, yong‘in 01:31 da qurshab olindi.
Yong‘in soat 02:48 da o‘chirilgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.