Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Fargʻonada valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Margʻilon shahrida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro M.A. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) fuqaro M.X.ga jami 3 700 AQSH dollarini 47,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Quvasoy shahrida valyuta ayriboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro K.R. fuqaro K.Shga 3 500 AQSH dollarini 44,9 mln soʻmga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling