Samarqand va Xorazmda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Samarqand va Xorazmda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi.

Payariq va Qoʻshrabot tumani boʻlimi, viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro X.B fuqaro Yu.Qga 4 000 AQSH dollarini 50,9 mln soʻmga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Payariq va Oqdaryo tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.U. fuqaro A.A.ga 3 100 AQSH dollarini 39,5 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 292 AQSH dollari, 10 YEVRO va 62 410 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan D.G. fuqaro O.S.ga 3 400 AQSH dollarini 43 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling