Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar B.U. va D.T. fuqaro Q.Yu.ga jami 3 200 AQSH dollarini 41,7 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, ulardan jami 4 637 AQSH dollari va 2 000 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Oqdaryo tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida “Mustaqillik” MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan fuqaro D.R. fuqaro M.M.dan jami 3 300 AQSH dollarini 41,9 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling