Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida Budapesht shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif doirasida Budapesht shahrida oliy darajadagi muzokaralar, Vengriyaning rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Kun tartibidan mamlakatlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklikni yana-da kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

O‘zbekiston yetakchisi Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ham ishtirok etadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling