O‘zbekiston hududi bo‘yicha 11-13-iyul kunlari havo biroz bulutli,ba‘zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi va ko‘pchilik viloyatlarda kunduzgi harorat 35-38 darajani tashkil etadi. Harorat asosan kechalari 18-23 daraja bo‘ladi.
Respublikaning ayrim joylarida 11-13-iyul kunlari shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
Harorat asosan kechalari 20-23 daraja, kunduz kunlari 12-13-iyulda 35-38 daraja bo‘ladi.