Uchtepa tumanida fuqaro S.U. fuqaro D.N. va boshqalarning ishonchiga kirib, 3 nafar fuqaroni tanishlari yordamida Angliya davlatiga ishga yuborish va viza olib berishni vaʼda qilgan.
Buning evaziga 12 000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling