Bogʻot Navbahor tumanlari hamda Andijon va Zarafshon shahrida valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Bogʻot tumanida fuqaro I.S. fuqaro X.M.dan 6 ming dollarni 77,4 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonidan I.S.dan 103 915 rubl, 300 dollar, 30 ming tengesi, 770 ming soʻm pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Andijon shahrida yashovchi M.M. 4 ming dollarni 51,8 mln soʻmga sotgan vaqtida, Zarafshon shahrida yashovchi Sh.E. 4,2 ming dollarni 54,7 mln soʻmga sotgan vaqtida va Navbahor tumanida yashovchi J.A. 3,7 ming dollarni 48 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling