Vyetnamdan Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan fuqaro O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Toshkent va Xanoi Interpol Milliy Markaziy Byurolari xodimlarining yaqin hamkorligi va olib borilgan tezkor ishlar natijasida Vyetnamda yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi.
Ushbu shaxs huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan O‘zbekiston hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarga oid ayblovlar bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan.
Endi u sodir etgan jinoiy harakatlari uchun qonun oldida javob beradi.