Zafar Azimov Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Z. Azimov AJ Xalq banki boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Sirojiddin Boboqulov Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar S. Boboqulov Bosh vazir kotibiyati “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va maʼnaviyat masalalari departamenti Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Alisher Muratov Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari etib tayinlangandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling