AI-80 benzinni sotuvga chiqarmasdan, oʻzida saqlab turgan AYOQSHlarga chora koʻrildi

Ushbu AYOQSHlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi

Ayni kunlarda hududlarda AI-80-avtobenzinga talab oshishi natijasida koʻplab AYOQSHlarda navbatlar koʻpaydi.

Mazkur holatlar yuzasidan “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan AYOQSHlarda nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Xususan, Andijon viloyatidagi “N.P.”, “N. O.”, “L.G.”, “S.O.” va “Sh.A.O.” MCHJlarga qarashli avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida birja savdolarida xarid qilingan AI-80-markali avtobenzin hech qanday sabablarsiz sotuvga chiqarmasdan saqlab turish hamda faoliyat koʻrsatmayotgan shoxobchalarga yoʻnaltirish kabi holatlar aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling