Mirzo Ulugʻbek tumanida fuqaro A.N. fuqaro S.X.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali AQShga ishga yuborishi evaziga 21 ming dollar berishi kerakligini aytib, shundan 9 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Xatirchi tumanida fuqaro M.I. fuqaro YO.SH.ni Polshaga ishga yuborishi evaziga 1 000 dollar va 6,3 mln soʻmni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling