Termiz shahriga 35 dona zamonaviy Zhongtong avtobuslari olib kelinadi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Yil yakuniga qadar yana 65 dona shu turdagi harakat tarkiblari olib kelinadi.
"Shu orqali Termiz shahrida yo‘lovchilar harakati ancha yengillashib, transport xizmatlari sifati yangi bosqichga ko‘tarilishi kutilmoqda", deyiladi xabarda.