Xivadagi xususiy bog‘cha rahbari J.M. 29-iyul kuni tayyorlov guruhiga rus tili fanidan qatnashib yurgan U.Sh. ni she‘rni yodlab kelmaganligi uchun chap yelka sohasini qo‘li bilan qattiq siqib, tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan bolaning yaqinlari Xiva tumani IIBga murojaat qilgan.
Ayni paytda holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Xorazm viloyati MMTB mazkur voqea bo‘yicha tegishli huquqiy baho berish, bola huquqlari va xavfsizligini ta‘minlash yuzasidan barcha zarur choralar ko‘rilayotganini ma‘lum qildi.