Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani, “Qorabuloq” MFY hududidan oʻtgan D-146 “Andijon-Buloqboshi” transport qatnov yoʻlining 7 km da yuk mashinasi zovur ariqqa tushib ketdi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 18-fevral kuni, xaydovchi 2002-yilda tugʻilgan O.X. boshqaruvida boʻlgan HOWO yuk avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida, ulovchi qurilmada tehnik nosozlik kelib chiqishi oqibatida haydovchi rul boshqaruvini yoʻqotgan.
Hodisa oqibatida haydovchi yengil tan jarohati olib shifoxonaga murojaat qilgan.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.