Nukus shahrida faoliyat yurituvchi “P.F.” MCHJ masʼul shaxslari maktabgacha taʼlim muassasasida davlat standartlariga javob bermaydigan yaroqsiz gaz hisoblash uskunasini oʻrnatib, 200 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Toʻrtkoʻl tumanida tuman ETK muhandisi T.I. YATT N.T.ning savdo doʻkoniga yangi elektr hisoblagich uskunasini oʻrnatib, hisoblagich oʻrnatilganligi toʻgʻrisida qalbaki dalolatnoma tuzib, N.T.ga jami 69 mln soʻmlik elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanishga sharoit yaratib berganligi aniqlangan.
Qoraoʻzak tumanida “R.s.” va “V.M.” MCHJ masʼul shaxslari elektr suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulab, 70 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling