1-noyabrdan tabiiy gazning ijtimoiy norma miqdori oshiriladi

Noyabr, dekabr, yanvar va fevral oylarida shunday tartib boʻladi

1-noyabrdan boshlab oylik bazaviy meʼyorlar isitish mavsumi uchun moʻljallangan shkalaga oʻtadi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.

Noyabr, dekabr, yanvar va fevral oylarida bir oylik meʼyorlar quyidagi tartibda boʻladi:

500 m3 gacha — 650 soʻm (1 m3 gaz uchun)

501 m3 dan 2500 m3 gacha — 1500 soʻm

2501 m3 dan 5000 m3 gacha — 1950 soʻm

5001 m3 dan 10000 m3 gacha — 2275 soʻm

10001 m3 va undan yuqori — 2600 soʻm

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling