Oqoltin tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi, deb xabar berdi Sirdaryo viloyati hokimligi.
Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Komiljon Ernazarov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Deputatlar tomonidan shu kunga qadar tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan Xusnitdin Suvonov nomzodi tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.