Ijtimoiy tarmoqlar orqali Nukusda joylashgan hususiy bogʻchada tarbiyachini bolalarga qoʻpol munosabatda boʻlganligi aks etgan videolar tarqaldi. Holat boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi izoh berdi.
Aniqlanishicha, videolavhada aks etgan holat 2024-yil noyabr oyida Nukus shahrida joylashgan hususiy bogʻcha tarbiyachisi R.Sh. va yordamchi tarbiyachi D.S.lar tomonidan sodir etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Natijasiga koʻra, qonuniy qaror qabul qilinishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.