11-fevral kuni soat 15:20 da Toshkent shahar, Yakksaroy tumani, Kichik xalqa yoʻli koʻchasida joylashgan yangi qurilayotgan bino yertoʻlasida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida poytaxt FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 15:28 da yetib borib, yongʻin soat 15:45 da qurshab olinib, soat 16:05 da oʻchirilgan.
Yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.
Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.