Toshkentning ikkita tumanida elektr vaqtincha o‘chiriladi

Ushbu hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

Elektr qurilmalarida ta‘mirlash ishlarini olib borish maqsadida 16-may kuni Yakkasaroy va Uchtepa tumanlarida elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ matbuot xizmati xabar berdi.

  • Yakkasaroy tumani: “Belariq” MFYning ayrim hududlarida soat  10:00 dan 17:00 gacha;
  • Uchtepa tumani: “Chamanzor”  MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Ushbu hududlarda ta‘mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling