Все новости Узбекистана и мира на сайте Repost.uz

Toshkentda sodir bo‘lgan YTH oqibatida skuter yo‘lovchisi vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Toshkent shahrining Yangihayot tumani, KHAY ko‘chasi, 58-uy qarshisida 2-avgust kuni soat 19:10 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Lacetti, Skuter va Isuzu yuk mashinasi o‘zaro to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Skuter yo‘lovchisi 2006-yilda tug‘ilgan M.S. olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling