Yakkasaroy tumanining ayrim hududlariga 13-dekabr kuni soat 11:00 dan 16:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi.
Bunga “X. Sulaymonov” MFYda joylashgan oʻrta bosimli gaz quvurida aniqlangan gaz sizib chiqish holatini bartaraf etish ishlari olib borilishi sabab boʻladi.
- Aholi isteʼmolchilari soni: “X. Sulaymonov” MFYdagi 10 ta yerli xonadon va 1 ta koʻp qavatli uyldagi 48 ta xonadon
- Ulgurji isteʼmolchilar soni: 3 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling